ZAMONAVIY O’ZBEKISTON “THE SEKAI NIPPO” GAZETASI NIGOHIDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Yaponiyada nashr etiladigan “The Sekai Nippo” gazetasida Keio universiteti professori Shigeo Kashivagining bugungi O’zbekiston va mamlakatlarimiz o’rtasida ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik mavzusiga bag’ishlangan maqolasi bosilib chiqdi.
Unda respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanayotgani qayd etilar ekan, Tokio uchun Toshkent muhim tashqi siyosiy sherik ekanligi alohida ta’kidlangan. Muallif mamlakatlarimiz o’rtasida ko’pgina yo’nalishlarda, jumladan, kadrlar tayyorlash sohasida ham o’zaro hamkorlik tobora rivojlanib borayotganini gazetxonlar e’tiboriga havola qilgan.
Maqolada O’zbekiston va Yaponiya ta’lim tizimini rivojlantirish sohasida bir-birining tajribasini o’rganayotganiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu o’rinda maqola muallifi Shigeo Kashivagi Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Siyosiy tadqiqotlar instituti bilan O’zbekiston bank-moliya akademiyasi o’rtasidagi o’zaro hamkorlik aloqalari xususida atroflicha fikr yuritgan. U tomonlar o’rtasida har yili mutaxassis va talaba almashuvlar yo’lga qo’yilgani xususida to’xtalar ekan, o’zbek kadrlari yuqori bilim darajasiga ega ekanligini qayd etgan. “Men O’zbekiston bank-moliya akademiyasida ma’ruza o’qigan kezlarim bunga amin bo’ldim. Mazkur ta’lim muassasasida global iqtisodiyot va unda Yaponiya hamda O’zbekiston tutgan o’rni, soliq tizimi va moliya bozorlari mavzusini qamrab olgan ma’ruzam tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinganidan, savol-javoblarga boy bo’lganidan mamnunman”, deb yozadi u.
Muallif o’z maqolasida yaqinda mamlakatimizda bo’lib o’tgan Prezident saylovlari haqida to’xtalar ekan, ular oshkoralik va shaffoflik muhitida kechganini alohida ta’kidlagan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev g’olib chiqdi. U yuksak lavozimdagi faoliyatining birinchi kunlaridan boshlaboq respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga yo’naltirilgan qator jiddiy qadamlarni tashladi. Jumladan, O’zbekistonning saylangan Prezidenti qo’shni mamlakatlar bilan ham o’zaro hamkorlikni mustahkamlash yo’lini tutdi. Bu Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga ko’maklashadi”, deb yozadi “The Sekai Nippo”.
“Jahon” AA, Tokio