ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR – TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan mamlakatimizda sanoat korxonalarini texnologik modernizatsiyalash holati va istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sanoat tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishga qaratilgan izchil islohotlar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda sanoatni chuqur tarkibiy o‘zgartirish jarayonida ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishga alohida ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspert baholash agentligi bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Agentlik yangi ishlab chiqarish korxonalarini qurish, ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalashda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yuzasidan eng maqbul yechimlar qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihalarining dastlabki va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishi hamda hisob-kitoblarini tizimli, puxta ekspertizadan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Mamlakatimizga istiqbolsiz, ma’naviy va jismoniy eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalar olib kelinishining oldini olgan holda zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or texnologiyalar va asbob-uskunalar bozorini chuqur tahlil qilish vazifalarini bajaradi.
Tadbirda hududlarda sanoat salohiyatini oshirish va mavjud zaxira hamda imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘llari, soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qo‘llash imkoniyatlari, tadbirkorlik subyektlarining xususiy mulkini himoya qilish borasidagi me’yoriy hujjatlar kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
O’zA