ZAMONAVIY YONDASHUV VA ILG‘OR TAJRIBA ASOSIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

"Navoiyavtotexxizmat" mas’uliyati cheklangan jamiyati "JM-UZBEKISTAN" qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan.
O‘tgan yili qariyb 700 million so‘mlik xizmat ko‘rsatgan ushbu korxonada 100 ga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Har yili kollej bitiruvchilaridan bir nechasi sinov muddati bilan ishga qabul qilinadi va puxta tayyorgarlikdan o‘tadi. Chunki avtomashinalarga servis xizmati ko‘rsatishning o‘ziga xos murakkabliklari bor.
— Hozirda korxonamizda yangi ta’mirlash bokslari qurilayapti, - deydi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi boshlig‘i Bahriddin Turobov. — Yangi avtoko‘targichlar keltirilmoqda. Bu ish samaradorligini yanada oshiradi.
Xizmat ko‘rsatish zamonaviy texnika va yondashuvlarga, ilg‘or tajribaga asoslangan bu korxonadan mijozlar qadami uzilmaydi.
O‘zA