ZUBAYR HIJRON: «O’ZBEKISTON DOIMO GULLAB-YASHNASIN, TINCHLIK, BAXTIYORLIK VA BUYUKLIK UNI ASLO TARK ETMASIN».
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda Afg’onistonning Balx viloyatida dariy tilida chop etiladigan "Bedor" gazetasida "Safardan qaytdim, ammo safar mendan qaytmadi" sarlavhali maqola bosilib chiqdi. Qobullik yosh shoir Zubayr Hijron qalamiga mansub ushbu maqolada afg’on fuqarosining O’zbekiston bo’ylab safari davomida orttirgan boy taassurotlari o’z ifodasini topgan.
Muallif o’z safarnomasini bobosining ona shahri - Samarqandda bo’lgani chog’ida ko’rganlari, qalbidan kechgan o’y-fikrlari bilan boshlaydi. «Bir necha yillardan beri bobom shahri bo’lgan Samarqandni ko’rish va uning havosidan to’yib nafas olishni orzu qilar edim, deb yozadi u. Bobom Samarqandni eslaganida ko’zlarida yosh qalqirdi. U o’zining to’ng’ich qiziga Samarqand deb ism qo’ygan ekan… Men buning sababini so’raganimda u shunday deb javob bergan edi: «Samarqand nomi men uchun buyuk sog’inch va bitmas hasratdirki, bu so’zni eshitganimda xayolimga beixtiyor u bilan bog’liq xotiralarim yodga tushadi…».
Zubayr Hijron Amudaryodan o’tib, mehribon yurt - O’zbekiston chegarasida ko’rganlarini quyidagicha ifodalaydi: “Shuni ta’kidlash joizki, Amudaryoning u tomonidan O’zbekiston tomoniga biz bilan birgalikda o’tayotgan Afg’oniston va xorijiy davlatlar fuqarolari o’zbeklar zamini chegarasida yaratilgan yaxshi sharoitlarga, chegarachilarning o’rnatilgan tartib va yuksak odob doirasidagi insoniy muomalalariga guvoh bo’lishdi. O’zbek chegarachilari ko’rsatayotgan vatanparvarlik va fidoyilik, ularning ruhan tetikligi va sergakligi menda katta taassurot qoldirdi. Shu bois, men ham o’z mamlakatimiz sarhadlarida o’zbek chegara xizmati singari qat’iy tartibga rioya etuvchi chegara xizmati tizimi barpo etilishini juda orzu qildim…”
O’zbekiston bo’ylab safari Termiz shahridan boshlangani haqida yozar ekan, afg’on shoiri bu shaharga kirib kelishi bilan o’z qalbida ajib bir tuyg’uni, ya’ni bobolar yurti bilan faxrlanish hissini tuyganini alohida ta’kidlaydi. «Go’yo, bu shaharning azim chinorlari kabi uning bag’rida joylashgan go’zal binolar ham bizni mehribonlik bilan qarshilar edi… Bu yerda osudalik, tinchlik va insonlarning mehr-muhabbati sezilib turardi…».
Muallif o’z maqolasida Toshkentda orttirgan taassurotlarini ham ana shunday samimiyat va xolislik bilan qalamga olgan. U mamlakatimiz poytaxti - Toshkent bilan yaqindan tanishganidan so’ng, bu azim shaharning go’zalligi va maftunkorligiga tan berganini faxr-iftixor bilan yozadi.
Zubayr Hijron o’z safarnomasini shunday fikrlar bilan yakunlaydi: «Men ushbu mamlakatni kezar ekanman, go’zallikda beqiyos bo’lgan bu yurtga hamda uning mehribon, ko’ngli ochiq xalqiga cheksiz hurmat va ehtiromlarimni chin dildan izhor etishni, O’zbekiston fuqarolariga minnatdorlik bildirishni istadim. Beixtiyor ularga shunday murojaat qilgim keldi: sizlarning o’z yurtingizga bo’lgan cheksiz muhabbatingiz tahsin va hurmatga loyiqdir. Darhaqiqat, sizlar o’z Vataningizni go’zal va muhtasham mamlakatga aylantirdingiz, uning ozod, erkin va mashhur bo’lishiga erishdingizlar. Sizlardagi Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat cheksiz hurmat va izzat-ikromga loyiqdir. Chunki, Vatan qadrini hamda vatanparvarlikni dunyoning buyuk xalqlari singari teran idrok etasizlar… Bu yurt doimo gullab-yashnasin, tinchlik, baxtiyorlik va buyuklik uni aslo tark etmasin».
Shuni ham alohida qayd etish joizki, yosh afg’on shoiri Zubayr Hijronning ushbu taassurot va kechinmalari Qobulda nashr etiladigan "Madaniyat" haftanomasida ham "Samarqandga safar" sarlavhasi ostida dariy tilida chop etildi.
«Jahon AA, Qobul