ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti navqiron avlodning ijodiy-intellektual va jismoniy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida fan, ta’lim, san’at, madaniyat va adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha ikki yuzdan ortiq qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi. Ular o‘z sohasi bo‘yicha iqtidorini namoyon etib,yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotir.
Tanlovning Toshkent shahar bosqichi 5-bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ma’naviyat kabi sohalarda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini boyitib, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Buni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari qo‘lga kiritayotgan yutuqlar misolida ham ko‘rish mumkin.
– Mazkur nufuzli mukofot bilan poytaxtimizdan 16 iste’dodli qiz taqdirlangan, – deydi Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Farida Abdurahimova. – Quvonarlisi, ular singari yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz farovonligiga o‘z hissasini qo‘shish istagidagi qizlar safi yildan-yilga ortib borayotir. Xususan, joriy yilgi tanlovning ilk bosqichlarida oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, umumta’lim maktablari, maktab-internatlar va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan 15 mingdan ortiq qiz ishtirok etdi. Ularning 560 nafari tuman bosqichlarida qatnashgan bo‘lsa, 53 nomzod tanlovning Toshkent shahar bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Tadbir ishtirokchilarining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi va g‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
O‘zA