ZUMRUD DADASHZODA: “KO’HNA SAMARQANDNING GO’ZALLIGIDAN HAMDA FESTIVAL MAHOBATIDAN HAYRATGA TUSHDIM”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan xorijlik mehmonlar ushbu nufuzli xalqaro madaniy tadbirdan orttirgan taassurotlarini “Jahon” axborot agentligi muxbiri bilan o’rtoqlashdilar. Ular orasida U.Gadjibeyli nomidagi Boku Musiqa akademiyasi professori (Ozarbayjon) Zumrud Dadashzoda ham bor edi.
— Men qadim Samarqandning go’zalligidan hamda festivalning mahbobatidan hayratga tushdim, - dedi u. - “Sharq taronalari” ko’p qirrali musiqa madaniyatlarini namoyish qilmoqda. Ushbu xalqaro forum doirasida o’tayotgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya doirasida biz, san’atshunos olimlar o’zaro tajriba almashish, tadqiqot va kashfiyotlarimiz natijalari yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga egamiz.
Festivalda mavjud bo’lgan musobaqalashish ruhi uning ishtirokchilarini o’z mahoratlarini berilib va butun bo’y-basti bilan namoyish etishga rag’batlantiradi. Biroq ushbu madaniy anjumanning asosiy maqsadi dunyo ma’naviy va madaniy merosini qayta tiklash hamda ularni avaylab asrash bilan izohlanadi, deb hisoblayman.
«Jahon» AA, Samarqand